TOShKENT, 30 noya — Sputnik. 22-27 noyabr kunlari Namangan shahrida Tojikiston-O‘zbekiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlari navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Tojikiston TIV.
Muzokaralar chog‘ida demarkatsiya ishlari muhokama qilindi va Tojikiston-O‘zbekiston chegarasining demarkatsiya chizig‘i loyihasi bo‘yicha o‘zaro kelishilgan takliflar tayyorlandi.
Keyingi yig‘ilish Tojikiston hududida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv do‘stona va yaxshi qo‘shnichilik ruhida o‘tdi.
Tadbir yakunlari bo‘yicha tegishli bayonnoma imzolandi.