Ozarbayjonda harbiy vertolot halokatga uchradi

Ozarbayjon chegara xizmatining vertoloti mashg‘ulot vaqtida halokatga uchradi. Qurbonlar va jarohatlanganlar bor.
Sputnik
TOShKENT, 30 noya - Sputnik. Ozarbayjonda harbiy vertolot haloqatga uchradi, deb xabar qilmoqda Sputnik Ozarbayjon.

"Bugun, soat 10:40da, Xizi yaqinida Davlat chegara xizmatining mashg‘ulot o‘tkazayotgan harbiy vertoloti halokatga uchradi. Qurbonlar va jarohatlanganlar bor", - deyilgan xabarda.

Ozarbayjon Davlat chegara xizmati ushbu voqeani tasdiqladi. Ayni damda Bosh prokuratura tergov ishlarini boshlab yuborgan.