TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Koronavirus omikron-shtammining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib PSR-testining amal qilish muddati 72 soat o‘rniga 48 soat etib belgilanadi, deb ma’lum qildi Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova.
Rospotrebnadzor ilmiy-tadqiqot instituti omikron shtammini aniqlash uchun test ishlab chiqdi.
Omikron shtammi olib kelinishi mumkin bo‘lgan mamlakatlardan uchib kelgan fuqarolar uchun aeroportlarda bepul testdan o‘tish tashkil etildi.
“Omikron” mutatsiyalari uning kasallik yuqtirish xususiyatini oshiradi. Bu shtamm jiddiy tashvish uyg‘otadi va darhol tekshirishni talab qiladi.
Rospotrebnadzor rahbarining so‘zlariga ko‘ra, omikron shtammi uchun avval joriy etilgan profilaktika choralari kuchda qoladi - emlash, qayta emlash, muloqotlarni qisqartirish va niqob taqish.
Rospotrebnadzor aholiga yangi yil ta’tillarini chet elga chiqmasdan uyda o‘tkazishni tavsiya qildi. Turli mamlakatlarda kiritilgan cheklovlar tufayli dam olish o‘rniga ko‘plab, shu jumladan orqaga qaytish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarga duch kelish mumkin.
Rossiyaga "omikron" aniqlangan davlatlardan kelganlar 14 kunlik karantinga ketishlari kerak bo‘ladi.