Nima uchun avtomobil yetkazib berilmayapti: UzAuto Motors sababini ma’lum qildi

UzAuto Motors noyabr va dekabr oylarida yetkazilishi kerak bo‘lgan avtomobillar bo‘yicha muddatni yana 2 oyga uzaytirdi.
Sputnik
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. UzAuto Motors 2021-yil noyabr-dekabr oylarida avtomobili yetkazib berilishini kutayotgan xaridorlarga bayonot bilan chiqdi.
“UzAuto Motors” “Captiva” xaridorlariga pullarini qaytarishni boshladi
Kompaniya avtomobilni yetkazib berish bo‘yicha ilgari tuzilgan shartnomaning 1.2 bandiga mos ravishda shartnomaga 3.1.1 bandni kiritishga majburligini ma’lum qildi.
““UzAuto Motors”ga bog‘liq bo‘lmagan holatlar tufayli, yarimo‘tkazgichlardan tayyorlangan butlovchi qismlar yetishmovchiligi hamda global logistika muammolari sababli, kompaniya 3.1.1 bandini qo‘llashga hamda 3.1 bandda ko‘rsatilgan avtomobillarning kutilayotgan yetkazib berish muddatini 2 oyga uzaytirishga majbur.
“UzAuto Motors” ushbu ekstremal chora iste’molchilar tomonidan to‘g‘ri tushunilib qabul qilinishiga umid qilmoqda”, - deyilgan kompaniya bayonotida.
Kompaniya yetkazib berishi to‘xtatilgan “Chevrolet Captiva 5” avtomobili uchun xaridorlarga pullarini qaytarish va kompensatsiya to‘lashni boshlagandi.