Messi – yetti karra “Oltin to‘p” sohibi

France Football nashri 2021-yilning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan "Oltin to‘p" sohibini ma’lum qildi.
Sputnik
1 / 10

"PSJ" klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

2 / 10

"Oltin to‘p" topshirilishi marosimiga Messi rafiqasi va uch o‘g‘li bilan keldi.

3 / 10

2021 yilda Messi "Barselona" bilan Ispaniya kubogini qo‘lga kiritdi. 2020/21 yil mavsumini 30 ta gol bilan LaLiganing eng yaxshi to‘purari sifatida yakunladi. Argentina terma jamoasi bilan esa ilk bor Amerika Kubogida g‘alaba qozondi.

4 / 10

Aleksiya Puteliyas ("Barselona") yilning eng yaxshi ayol futbolchisi bo‘ldi.

5 / 10

Marosim boshlovchilari - Dide Drogba va Sendi Xeribert.

6 / 10

Pedri ("Barselona") yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deya e’tirof etildi.

7 / 10

Messiga "Oltin" to‘pni uning sobiq jamoadoshi urugvaylik futbolchi Luis Suares topshirdi.

8 / 10

Italiyalik Janluiji Donnarumma ("PSJ") — yilning eng yaxshi darvozaboni unvoniga loyiq ko‘rildi.

9 / 10

"Bavariya" hujumchisi polshalik Robert Levandovski esa yilning eng yaxshi hujumchisi deb topildi.

10 / 10

Messi bunga qadar 2009, 2010, 2011, 2012, 2015, 2019-yillarda “Oltin to‘pga” ega chiqqan.

“Oltin to‘p—2021” sovringa da’vogarlik qilgan futbolchilar kuchli o‘nligi quyicha bo‘ldi: Lionel Messi (Argentina, "PSJ"); Robert Levandovski (Polsha, "Bavariya"); Jorjino (Italiya, "Chelsi"); Karim Benzema (Fransiya, "Real"); Ngolo Kante (Fransiya, "Chelsi"); Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, "Manchester Yunayted"); Muhammad Saloh (Misr, "Liverpul"); Kevin de Bruyne (Belgiya, "Manchester Siti"); Kilian Mbappe (Fransiya, "PSJ"); Janluiji Donnarumma (Italiya, "PSJ").