O‘zbekiston va YeOII

Aripov va Mishustin O‘zbekiston va YeOII o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi

Ikki mamlakat bosh vazirlari Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini ham muhokama qilishgan.
Sputnik
TOShKENT, 30 noya – Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston bosh vazirlari Mixail Mishustin va Abdulla Aripov telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Rossiya hukumati matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ikki mamlakat hukumat rahbarlari Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, sanoat kooperatsiyasi, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va transport infratuzilmasi sohasidagi o‘zaro aloqalarni muhokama qilishgan.
Mixail Mishustin v Abdulla Aripov O‘zbekiston va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish mavzusiga alohida e’tibor qaratgan.
Avvalroq Abdulla Aripov O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy kengashi davlatlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorligini ma’lum qilgan edi. O‘zbekistonning YeOII davlatlari bilan o‘zaro hamkorligi pandemiyaga qaramay jadal rivojlanmoqda.
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekiston bilan hamkorlik YeOII uchun strategik ahamiyatga ega - Malkina
2020 yil dekabrda O‘zbekistonga YeOIIda kuzatuvchi davlat maqomi berildi. Shundan so‘ng respublika YeOIIning barcha ochiq majlislarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. 2021-yil aprel oyida O‘zbekiston YeOII Iqtisodiy komissiyasi (YeIK) bilan hamkorlik qilish to‘g‘risidagi memorandum imzoladi. Shuhrat Shukurov respublikaning Ittifoqidagi vakili etib tayinlandi.