Toshkentdagi yotoqxonada yong‘in yuz berdi: 18 kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi

Sergeli tumani “Uzmill” MChJ hududida ishchilar uchun joylashgan yotoqxonada yong‘in sodir bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Bugun soat 05:05da Sergeli tumani Nilufar 3-tor ko‘chasida “Uzmill” MChJ hududida ishchilar uchun joylashgan yotoqxonada birlamchi ma’lumotga ko‘ra, havo-gaz aralashmasining chaqnashi va buning oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar qildi FVV matbuot xizmati.
Urgut tumanidagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi
Voqea joyida 43 nafar ishchi bo‘lgan, yong‘in oqibatida ulardan 18 nafari har xil turdagi kuyish tan jarohati bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga joylashtirildi. Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q.
Voqea sodir bo‘lgan joyga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 05:08da yetib borib, yong‘in soat 05:29da qurshab olindi va soat 05:43da batamom o‘chirildi.
Hodisa tafsilotlarini o‘rganish uchun Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari rahbarligida Toshkent shahar FVB, IIB, SSB, Hududgaz ta’minoti rahbarlaridan iborat tezkor tergov guruhi tashkil etilgan.
“Birlamchi ma’lumotga ko‘ra, havo-gaz aralashmasining chaqnashiga gaz quvurlarining nosozligi oqibatida xonaga gaz to‘planishi sabab bo‘lgan, - deyilgan xabarda.