Tashkent city parkida yangi yil archasi chiroqlarini yoqdi – video

Tashkent city parkida katta yangi yil archasi o‘rnatildi.
Sputnik
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Tashkent city parkida katta yangi yil archasi o‘rnatildi. Ma’muriyat tegishli video va suratni Instagram storisda e’lon qildi.
Archa rang-barang sharlar va girlyanda bilan bezatilgan.
Archaning balandligi necha metrga yetishi haqida ma’lumot berilmagan.
Yangi yil archasi 2019-yilda ilk bor Tashkent city parkida o‘rnatilgandi.
O‘zbekiston O‘tgan yili o‘rnatilgan bosh archasi MDH davlatlari orasida eng baland archalar uchtaligidan joy oldi.