TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi bu noxush hodisa tufayli jabrlanganlarning salomatligini jiddiy nazoratga oldi.
Yong‘in natijasida turli darajadagi kuyish tan jarohatlarini olgan 18 nafar fuqaro darhol Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga joylashtirildi. Ayni paytda barcha bemorlarga belgilangan standartlar bo‘yicha zarur tibbiy yordam ko‘rsatilib, muolaja jarayonlari davom etmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘indan jabrlangan shaxslarning barchasi erkak kishi bo‘lib, ularning 10 nafari reanimatsiya bo‘limida davo mulojalarini olmoqda.