O‘zbekiston va YeOII

Moskvada Yevroosiyo Kongressi bo‘lib o‘tadi

Yevroosiyo Kongressi - bu mintaqani rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha davlat organlari, biznes, ilmiy va ekspert hamjamiyati vakillari o‘rtasida ochiq muloqot maydonidir.
Sputnik
TOShKENT, 29 noya - Sputnik. Moskvadaga Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi (VDNX) bog‘ining 57-pavilonida Ikkinchi Yevroosiyo Kongressi bo‘lib o‘tadi. Tadbir Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) tomonidan Rossiya hukumati ko‘magidagi tashkil qilinmoqda.
Tadbir davomida ishtirokchilar transport va logistika, suv-energetika kompleksi, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi asosiy infratuzilmaviy davlatlararo loyihalarni, shuningdek, “yashil”moliyalashtirish va davlatlar raqamli transformatsiyasi mexanizmlarini muhokama qiladi.
Yevroosiyo Kongressi - davlat organlari, biznes, ilmiy va ekspert hamjamiyatlari vakillarining Yevroosiyo mintaqasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha ochiq muloqotlari, shuningdek, milliy iqtisodiyotlar farovonligini oshirish va rivojlantirish maqsadida mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik uchun platforma hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yil dekabr oyi boshida O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) huzurida kuzatuvchi davlat maqomini olgan edi. May oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi doirasida Toshkent ittifoq a’zolari bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha YeOTB bilan yaqin hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.
Joriy yilning iyun oyida O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 2021-yil so‘ngigacha Yevroosiyo taraqqiyot bankining respublikada vakolatxonasini ochish niyati borligini ma’lum qildi.
Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) xalqaro moliyaviy institut bo‘lib, 15-yildan buyon Yevroosiyo maydonida investitsion faoliyatini olib boradi. Bank portfelining asosiy ulushini transport infratuzilmasi, raqamli tizim, yashil energiya, qishloq xo‘jaligi, sanoat va mashinasozlik sohalaridagi integratsiya effektiga ega loyihalar tashkil etadi.