TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Rossiya xalq artisti, bastakor, qo‘shiqchi Aleksandr Gradskiy 73 yoshida bu olamni tark etdi. Bu haqda “Golos” teleloyihasining Instagramʼdagi sahifasida xabar berildi.
26 noyabr kuni artistning ahvoli yomonlashgan edi. Shu bois u Moskvadagi kasalxonalardan biriga miyaga qon quyilishi gumoni bilan yotqizilgan edi.
Sputnik radiosi ma’lumotlariga ko‘ra, Aleksandr Gradskiy miya infarktidan vafot etgan.
Qo‘shiqchi, shoir va bastakor Gradskiy 1949-yil 3-noyabr kuni Chelyabinsk viloyati Kopeysk shahrida tavvallud topgan. 1997-yilda Rossiya Federatsiyasining xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi unvoniga sazovor bo‘ldi, 1999-yilda unga Rossiya xalq artisti unvoni berildi.
Iste’dodli bastakor 40 dan ziyod badiiy film, bir necha o‘n hujjatli va multiplikatsion filmlar musiqasi muallifi.
Gradskiy turli yillarda “Golos” musiqiy shousining hakami bo‘lib kelgan. Loyihaning bu yilgi yubiley mavsumida ham hakamlar qatoridan o‘rin olgan edi.