O‘zbekiston avtomobil savdo-sotig‘ida asosan qaysi davlatlar bilan hamkorlik qilmoqda

O‘zbekiston avtomobil eksporti va importida asosan qaysi davlatlar bilan hamkorlik qilayotgani ma’lum bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 28 noya — Sputnik. O‘zbekiston avtomobil eksporti va importida asosan Qozog‘iston va Xitoy bilan hamkorlik qilmoqda. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi raqamlari dalolat bermoqda.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar–oktabr oylarida O‘zbekiston yengil avtomobillarni asosan Qozog‘istonga (26 776ta) eksport qilgan.
O‘zbek avtomobillarini sotib olayotgan asosiy davlatlar uchligiga Ukraina (568 ta) va Rossiya (400 ta) yakun yasagan. Bundan tashqari, Ozarbayjonga (141 ta), Afg‘onistonga (128 ta), Tojikistonga (72 ta) va Qirg‘izistonga (30 ta) sotilgan.
O‘zbekiston ushbu davr mobaynida eng ko‘p avtomobilni Xitoydan (6 307 ta) import qilgan. Koreya (5 112 ta) va Rossiya (3 718 ta) undan keyingi o‘rinlarda.
Qozog‘istondan esa 3 487 ta avtomobil xarid qilingan. Bundan tashqari, mashinalar Polshadan (1 204 ta), AQShdan (453 ta) Litvada (427 ta), Tailanddan (250 ta), Germaniyadan (99 ta), Yaponiyadan (77 ta) va Turkiyadan (25 ta) keltirilgan.
Avtomobil sotib olganlik uchun yig‘im bekor qilinishi mumkin
2021 yilning yanvar-oktabr oylarida eng ko‘p “Cobalt” (52 454 ta) ishlab chiqarilgan. “Damas” - 45 644 ta, “Lacetti-Gentra” esa 37 557 ta ishlab chiqarilgan.