Olimlar koronavirusni ikki soniyada yo‘q qilish usulini topishdi

Isroillik mutaxassislar radioto‘lqinlarning 1 – 10 mm diapazonda kovidga ta’sirini o‘rganishgan.
Sputnik
TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Millimetrli to‘lqinlar koronavirusni ikki soniyada yo‘q qilishi mumkin. Isroillik olimlar tadqiqotlari natijalari “Environmental Chemistry Letters” jurnalida chop qilingan, deya yozadi “Jerusalem Post”.
Olimlar radioto‘lqinlarning 1 – 10 mm diapazonda COVID-19ga ta’sirini o‘rganishgan. Ular tajriba yo‘li bilan radiatsiya virusni ikki soniya ichida yo‘q qilishini aniqlashgan.
Bunday usul tibbiyotda, jumladan, onkologik kasalliklarni davolash uchun keng qo‘llaniladi.
Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, millimetrli to‘lqinlar virusni harorat ko‘tarilganda o‘ldiradi. Ularni asbob-uskunalarda va boshqa texnikada qo‘llash mumkin.
Ammo mutaxassislar bu usuldan inson organizmidagi koronavirusga qarshi foydalanish mumkinligiga shubha bilan qarashmoqda.
“Ebola kabi xavfli”: Afrikada aniqlangan kovidning yangi shtammi “Omikron” deb nomlandi