TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Samarqandlik xonanda Shodi Andrey Malaxov shousida qo‘shiq kuylab, tomoshabinlarni hayratda qoldirdi.
Ko‘rsatuv oldin har bir hovlida yangragan yoshlik qo‘shiqlariga bag‘ishlandi. Unda samarqandlik Shodi Haydarov ishtirok etdi.
San’atkor bolalikdagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi va bir qancha kompozitsiyalarni ijro etib, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.