"Qora Jentradagi erkatoylar": haydovchiga chora ko‘rildi, yo‘lovchi shaxsiga aniqlik kiritilyapti

Transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirildi.
Sputnik
TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqda "Qora Jentra minib olgan otasining erkatoylari" sarlavhasi ostidagi video tarqaldi. IIB YHXB xabariga asosan.
Xavfli manyovr: “Malibu” haydovchisiga chora ko‘rildi - video
Videoda "Lacetti" rusumli, 10 S605VA davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi boshqaruv vaqtida xavfsizlik kamaridan foydalanmaganligi, yo‘lovchi avtomobilning lyuk qismidan tana qismlarini chiqarib olganligi aks etgan.
Video yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilganda, 2004-yilda tug‘ilgan A.O. mazkur avtomobilni meyoriy hujjatlarsiz boshqarganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirildi. Shuningdek, hozirda yo‘lovchining shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.