TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Janubiy Afrikada aniqlangan koronavirusining yangi B.1.1.529 shtammini “xavotir uyg‘otuvchi variant” deb topdi, uni “Omikron” deb nomladi.
Yangi Omikron variantida ko‘p sonli mutatsiyalar mavjud, ularning ba’zilari xavotirga soladi.
22 Noyabr 2021, 22:39
Butunjahon tibbiyot assotsiatsiyasi (WMA) raisi Frank Ulrich Montgomeriga ko‘ra, yangi omikron koronavirus shtammini o‘zining xavfliligi bo‘yicha Ebola virusi bilan solishtirish mumkin.
Rossiya yakshanba kunidan Gonkong, Janubiy Afrika Respublikasi va janubiy Afrikaning boshqa davlatlari - Botsvana, Lesoto, Namibiya, Zimbabve, Mozambik, Madagaskar, Esvatini va Tanzaniyadan chet elliklarning mamlakatga kirishiga cheklov kiritadi.
Yevropa Ittifoqi davlatlari koronavirusning yangi shtammi haqidagi xabarlar ortidan Janubiy Afrika mintaqasidagi 7 mamlakatdan YeIga kirishga cheklovlar joriy etishga kelishib olishdi. AQSh prezidenti Jo Bayden 29-noyabrdan 8ta Afrika davlati, jumladan, JAR bilan avia qatnov cheklanishini tasdiqladi.