TOShKENT, 27 noya — Sputnik. AQSh go‘yoki Rossiya Ukrainaga “bostirib kirishga” tayyorgarlik ko‘rayotgani aytib, Donbassdagi mojaroni yangi kuch bilan avj oldirishni maqsad qilgan, buning fonida Rossiya vazminlik va mudofaa qobiliyatini kuchaytirishi kerak, dedi RF Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin.
"Rossiya 1" telekanali "Vesti" dasturida Sergey Brilevga bergan intervyusida Narishkin AQSh nima uchun Rossiya go‘yoki Ukrainaga bostirib kirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida bayonotlari yuzasidan tushuntirish berdi.
Maqsad - bu qadar nazoratsiz Kiyev hukumatini itarib yuborish, Ukraina sharqida haqiqatda sodir bo‘layotgan mojaroni qaytadan qo‘zg‘atishga urinish. AQSh uchun Ukraina - hamma narsada bo‘lgani kabi, bu butun masalada “chiqim material”.
“Biz, albatta, vazminlikni saqlashimiz va mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlashimiz kerak”, — deb qo‘shimcha qildi TRX direktori.