MIB uch ming nafardan ziyod qarzdorni qidirmoqda

Qidiruvdagi shaxslarning 2149 nafari respublika hududida yashirinib yuribdi, 1115 nafari esa xorijga chiqib ketgan.
Sputnik
TOShKENT, 26 noya – Sputnik. Majburiy ijro burosi (MIB) 3 ming 264 nafar qarzdorni qidirib topish chorasini ko‘rmoqda.
Buro axborot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latovning AOKAdagi brifingda ma’lum qilishicha, joriy yilning o‘tgan davrida qarzdorligi tufayli 7800 dan ziyod jismoniy shaxsga nisbatan qidiruv e’lon qilingan bo‘lib, shundan 4500 nafardan ortig‘i topilib, majburiy ijro harakatlari o‘tkazilgan.
Hozirda 3264 nafar qarzdorni qidirib topish choralari ko‘rilmoqda. Ushbu shaxslarning 2149 nafari respublika hududida yashirinib yurgani, 1115 nafari esa chet elga turli maqsadlarda chiqib ketgani aniqlangan.
Qidiruvdagi shaxslar topilishi natijasida qarzdorlardan jami 30,7 mlrd so‘m, shu jumladan 22,8 mlrd so‘m aliment pullari undirilib, voyaga yetmagan farzandlarning moddiy ta’minot olishlari ta’minlangan.
Chet elga chiqishga ta’qiq borligini telegram-bot orqali tekshirish mumkin - MIB