Yaponiyada delta-shtamm o‘z-o‘zidan yo‘qoldi. Olimlar buning sirini o‘rganmoqda

Yaponiyada koronavirusga chalinish holatlari so‘nggi uch oy ichida misli ko‘rilmagan darajada pasaydi – kuniga 26 ming kishidan 45 kishigacha.
Sputnik
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Turli shtammlarning yo‘qligi va mamlakatning alohida joylashgani Yaponiyada koronavirusning delta-shtammining o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketishiga olib keldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Rossiya Fanlar akademiyasining genomika va tibbiy-genetik ilmif markazi laboratoriyasi xodimi, biologiya professori Ancha Baranova xabar qildi.
Mutaxassis aytishiga ko‘ra, Yaponiya hududiga koronavirusning delta shtammining bitta mutatsiyasi yetib kelgan va uning tarkibida bo‘lgan va uning mutatsiyalarini to‘g‘rilash uchun javobgar bo‘lgan nsp14 oqsili keyinchalik “buzilgan”. Buning oqibatida virus ko‘p mraotaba noto‘g‘ri mutatsiyaga uchragan va o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketgan.
Delta-shtammning Yaponiyada to‘liq yo‘qolib ketishiga mamlakatning Yevropa va boshqa hududlardan alohida joylashgani va asosiysi aholining epidemik cheklovlarga tartibli munosabati sabab bo‘lgan.
Shu bilan birga, mutaxassis xulosasiga ko‘ra, “delta shtamm”ning butunlay yo‘q bo‘lib ketishi oqibatida koronavirusning undan ham xavfliroq bo‘lgan shtammlari tarqalishiga olib kelish xavfi bor.
“Virusning undan ham zararliroq shtammlari bor, ular antitanachalardan qochishi ham mumkin. Agar deltag‘shtamm o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketsa uning o‘rniga boshqa, yanada xavfliroq shtammlari kelishi mumkin. Buning oqibati undan ham yomon bo‘lishi mumkin”, - dedi Baranova.
Biroz oldin, Niigata universitetining professori Itsuro Inoue Yaponiyada aylanib yurgan koronavirusning delta-shtammi o‘zining bir genida haddan ortiq mutatsiyalar jamlashi oqibatida “o‘zini o‘zi to‘g‘rilash” xususiyatini yo‘qotgan va o‘z o‘zidan yo‘q bo‘lib ketganini ma’lum qilgan edi.
Olim aytishiga qaraganda delta shtamm Yaponiyada paydo bo‘lgan vaqtida dastlab unda juda ko‘p mutatsiyalar paydo bo‘lgan, lekin keyin bu jarayon to‘xtagan. O‘zgarishlarning aksariyati virus nsp14 oqsili genining A394V bo‘linmasida paydo bo‘lgan. Virus o‘z genidagi defektlarni tuzatishga urinish jarayonida ko‘payish xususiyatini yo‘qotgan.
Darhaqiqat, statistik ma’lumotlarga nazar soladigan bo‘lsak, Yaponiyada 2021-yilning 20-avgustida kasallanishning yangi holatlari rekord darajada aniqlanayotgan edi – kuniga 25 975 kishi. Lekin oradan 3 oy o‘tib, ushbu ko‘rsatgich misli ko‘rilmagan darajada pasaydi – kuniga 45 kishi.