TOShKENT, 25 noya – Sputnik. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov fuqarolar uchun IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni osonlashtirish yo‘llarini topishga chaqirdi.
Yaqinda ushbu lavozimga tayinlangan Shermatov bu taklifni O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish markaziga tashrifi davomida ma’lum qildi.
“IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini iste’molchilar uchun yanada osonlashtirish yo‘llarini topishimiz va unga ko‘ra, fuqarolar xizmatlardan oson va qulay foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Buning uchun barcha choralarni ko‘rish zarur”, - dedi Sherzod Shermatov.
Vazir markaz faoliyati bilan tanishib, ishga tushurilishi rejalashtirilgan loyihalarni ko‘rib chiqdi. Yaqin kelajakda amalga oshirilayotgan loyihalar qatorida mobil telefon raqamlarini ko‘chirish tizimi loyihasi ham bor.