Rossiyalik blogerlar migrantga yangi Kia Rio sovg‘a qilishdi – video

Rossiyalik blogerlar taksi haydovchisiga yangi avtomobil sovg‘a qilishdi.
Sputnik
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Rossiyalik blogerlar qirg‘izistonlik taksi haydovchisiga yangi avtomobil sovg‘a qilishdi.
Guseyn Gasanov va Arutun Nazaran eksperiment o‘tkazishdi – ular taksini to‘xtatib, “bu zudlik bilan manzilga borish kerak, lekin hamonni unutib qo‘yishdi” deb, haydovchi tekinga olib keta oladimi, deb so‘rashdi.
“Kim birinchi bo‘lib rozi bo‘lsa, o‘sha yangi mashina oladi”, – dedi Gasanov eksperiment boshida.
Bir necha marta rad javobidan keyin ular qirg‘izistonlik haydovchiga duch kelishdi - u yigitlarni tekinga olib borishga rozi bo‘ldi. Unga yangi Kia Rio sovg‘a qilishdi. Taksi haydovchisi darhol uyiga videoaloqa orqali qo‘ng‘iroq qildi va ularga yangilikni aytganda ko‘z yoshlarini tiyib tura olmadi.