Qaysi hokimlik talabalarga kontraktini to‘lab berishda yetakchi

Yoshlar ishlari agentligi viloyat hokimliklari bilan hamkorlikda “Talabaga madad” loyihasini boshlashgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 25 noya – Sputnik. “Talabaga madad” talaba-yoshlarning kontraktini to‘lab, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha eng faol hokimliklar reytingi e’lon qilindi.
Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayevning ma’lum qilishicha, iqtisodiy-ijtimoiy muammolarga duch kelayotgan, iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qaysi "tuman-shahar hokimlari eng faol ekani", hududlarga nisbatan eng ko‘p talabaga yordam bergan hokimlar reytingi shakllantirilgan.
Reytingga ko‘ra, Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani hokimligi eng ko‘p talabaga moddiy ko‘mak ko‘rsatgan (242 nafar talaba — 662,7 million so‘m). Eng ko‘p kontrakt miqdorini esa Navoiy shahri hokimligi to‘lagan (176 nafar talaba — 807,2 million so‘m).
Talabalarga kontraktini to‘lab bergan hokimliklar reytingi
Avvalroq Yoshlar ishlari agentligi viloyat hokimliklari bilan hamkorlikda “Talabaga madad” loyihasini e’lon qilgan edi.

Bunda oliygohlarning bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil oladigan talaba-yoshlarning to‘lov-kontrakti miqdorining 50 foizgacha miqdori to‘lab beriladi. Bu loyiha 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan talabalarga mo‘ljallangan.
Mazkur imkoniyatdan foydalanish uchun quyidagi havola orqali tizimdan ro‘yxatdan o‘tish lozim.