TOShKENT, 25 noya – Sputnik. Nukusdagi ko‘pqavatli uylarning birida talaba yigit is gazidan zaharlanib, vafot etdi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi xabar berdi.
Xabarda keltirilishicha, 24-noyabr kuni soat 07:00 larda Nukus Davlat pedagogika institutining talabasi R.R. ijaradagi xonadonida o‘rnatilgan isitish qozoni otashxonasidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Nukus shahar prokuraturasi tergovga qadar tekshirish harakatlarini olib bormoqda.
Tekshirish harakatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Eslatib o‘tamiz, 27-fevral kuni Toshkentning Yunusobod tumanidagi uylarning birida ijarada yashovchi besh nafar talaba is gazidan zaharlanib, vafot etgan edi. Talabalar bilan qonuniy ijara shartnomasi tuzmay, ularni odam hayoti uchun xavfli va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilmagan uyiga ijaraga qo‘ygan ayol jinoiy javobgarlikka tortilgan edi.