Bozorda go‘sht, yog‘, kartoshka, sabzi qanchadan sotilyapti?

Bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari ma’lum qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Davlat statistika qo‘mitasi 24-noyabr kungi hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e’lon qildi.
O‘zbekistonda 60 dan ortiq bozor sotilishi mumkin
Oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:
suyakli mol go‘shti (1 kg) — 45 000–68 000 so‘m;
qo‘y go‘shti (1 kg) — 52 000–80 000 so‘m;
kartoshka (1 kg) — 3000–7000 so‘m;
piyoz (1 kg) — 1000–4000 so‘m;
sabzi (1 kg) — 1000–5500 so‘m;
tuxum (10 dona) — 7000–15 000 so‘m;
guruch (1 kg) — 5000–17 500 so‘m;
o‘simlik yog‘i (1 l) — 14000–24 000 so‘m;
shakar (1 kg) — 7800–10 500 so‘m.
Bunda faqatgina dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan.