SSV “Yangi O‘zbekiston shifokorlari” platformasini ishga tushirdi

Eng yaxshi g‘oya va takliflar bergan yosh shifokorlar vazirlikning istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritiladi.
Sputnik
TOShKENT, 24 noya – Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot sohasining faol va tashabbuskor yosh vakillarini birlashtirish maqsadida “Yangi O‘zbekiston shifokorlari” platformasini ishga tushirganini ma’lum qildi.
“Prezidentimiz tibbiyot sohasini xalqimizni rozi qiladigan tizimga aylantirish bo‘yicha oldimizga juda katta vazifalarni qo‘ygan. Bularni to‘laqonli ro‘yobga chiqarish, sohada o‘z yechimini kutayotgan muammolarni hal etish uchun yangi g‘oya va tashabbuslar, kreativ yondashuvlar nihoyatda zarur”, - deyilgan xabarda.
Vazirlik bu borada jamiyatdagi yangilanishlar jarayonida faol ishtirok etib, dolzarb masalalarni dadil ko‘tarib chiqayotgan yosh shifokorlar kuch-g‘ayrati, azmu shijoatiga suyanishini bildirgan.
Yangi platforma 45 yoshgacha bo‘lgan shifokor uchun mo‘ljallangan. Unda nafaqat mamlakat, balki dunyoning boshqa davlatlarida mehnat qilayotgan vatandosh shifokorlar ishtirok etishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, eng yaxshi g‘oya va takliflar bergan yosh shifokorlar vazirlikning istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritiladi.
Loyihada ishtirok etish uchun SSV saytida ro‘yxatdan o‘tish va g‘oya va takliflarni yo‘llash mumkin. Ularning konfidensialligi ta’minlanadi.
Yangi SSV rahbari tunda Toshkent shifoxonalaridagi vaziyatni o‘rgandi