Rossiya va Tojikiston birlashtirilgan havo mudofaa tizimi tashkil qilmoqda

Rossiya Tojikiston bilan MDH doirasida birlashtirilgan havo mudofaa tizimini tashkil qilish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 24 noya - Sputnik. Vladimir Putin Rossiya va Tojikiston orasida birlashtirilgan hududiy havo mudofaa tizimi tashkil qilish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqidagi taklifni Davlat Dumasiga kiritdi.
Ushbu shartnoma MDH hamkorlik doirasida Rossiya va Tojikiston ishtirokida birlashtirilgan hududiy havo mudofaa tizimi tashkil qilishni nazarda tutadi. Uning maqsadi hududning havo mudofaa tizimini kuchaytirishdir.
Xususan, tinchlik davrida Birlashtirilgan hududiy havo mudofaa tizimi quyidagi vazifalarni bajaradi:
birgalikda jangovar navbatchilik olib borish;
qurolli kuchlar, harbiy texnika, jangovar boshqaruv tizimlarini shay holatda saqlab turish;
Rossiya va Tojikiston Birlashtirilgan havo mudofaa tizimi tarkibiga kiruvchi qo‘shinlar va MDH havo mudofaa tizimlari orasida muloqotni yo‘lga qo‘yish va boshqalar;
Undan tashqari tashqi agressiya, tahdil va urush vaqtlarida Birlashtirilgan hududiy havo mudofaa tizimi belgilangan jangovar vazifalarni birgalikda bajaradi.
Birlashtirilgan hududiy havo mudofaa tizimi qo‘shinlarining, shuingdek Markaziy Osiyo hududidagi kollektiv xavfsizlik kuchlarining harakatlarni muvofiqlashtirish - Rossiya Havo kosmik kuchlari bosh qo‘mondoni tomonidan amalga oshiriladi.
Shartnoma 5-yil muddatga mo‘ljallangan bo‘lib, keyinchalik uning amal qilish muddati yana shunday muddatga chshzilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Rossiya va Tojikiston o‘rtasida Birlashtirilgan havo mudofaa tizimi yaratish haqidagi shartnoma 2021-yilning 27-aprel kuni Dushanbe shahrida imzolangan edi.
Rossiya harbiylari havo hujumidan mudofaa sohasida tajriba almashdi