TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya tomonidan Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida ikki davlat bojxona xizmatlari vakolatxonalarini ochish to‘g‘risida bitimni imzolash to‘g‘risida topshiriq berdi.
Bu haqda tegishli hujjat huquqiy axborot rasmiy portalida e’lon qilindi.
“Rossiya Federatsiyasi hukumatining Rossiya Federatsiyasi hukumati va O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi bojxona xizmatlari vakolatxonalarini ochish to‘g‘risidagi bitimni imzolash to‘g‘risidagi taklifi qabul qilsin; - deyilgan farmoyishda.
Putin O‘zbekiston tomoni bilan muzokaralar olib borish to‘g‘risida Rossiya Federatsiyasi Federal bojxona xizmatiga va Rossiya hukumati nomidan mazkur bitimni imzolash haqida topshiriq berdi.