Rossiya harbiylari havo hujumidan mudofaa sohasida tajriba almashdi

Rossiyalik harbiylar o‘zbekistonlik hamkasabalari bilan Suriyada orttirgan tajribasi bilan baham ko‘rishmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 24 noya - Sputnik. Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida Rossiyalik harbiy mutaxassislar o‘zbekistonlik harbiylar bilan havo mudofaasi sohasida tajriba almashishdi, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi.
Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari mutaxassislari Chirchiqdagi oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtining “Quruqlikdagi qo‘shinlar havo hujumidan mudofaa” kafedrasi ofitserlari bilan o‘zaro tajriba almashishdi.
Xususan rossiyalik harbiylarning Yaqin Sharq mintaqasida olib borilgan harakatlarda orttirgan jangovar tajribalari tahlil qilinib, ulardan soha bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash jarayonida foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Mehmonlar, shuningdek, bilim yurtida kursantlarni sohaga tayyorlash bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib ularni yuqori baholashdi.
Rossiyskie voyennie delyatsya opitom po protivovozdushnoy oborone