O‘zbekistonga benzin qaysi davlatlardan import qilindi

O‘zbekistonga 300 mln litrdan ziyod avtomobil benzini import qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. O‘zbekistonga 2021-yil yanvar–oktabr oylarida qiymati 110,2 mln $ ga teng bo‘lgan 300 mln litrdan ziyod avtomobil benzini import qilindi.
Birja savdolarida benzin, gaz va sement narxi pasaydi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, avtomobil benzini importi 2020-yilning mos davriga nisbatan 128 mln litrga oshdi.
O‘zbekiston avtomobil benzinini import qilgan asosiy davlatlar:
Rossiya – 142,3 million litr;
Turkmaniston – 136 million litr;
Qozog‘iston – 16 million litr;
Iroq – 3,6 million litr;
Eron – 1,8 million litr.