O‘zbekiston jangovar roboti namoyish qilindi – video

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jangovar roboti prototipini namoyish qildi.
Sputnik
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Mudofaa vazirligi jangovar robot prototipini taqdim etdi.
Hozircha uning taktik-texnik xarakteristikasi noma’lum.
To‘rt g‘ildirakli baza asosidagi robotga Kalashnikov pulemoti o‘rnatilgan. Masofadan boshqarish uchun mashina bir nechta videokameralar bilan jihozlangan.
Chirchiq shahrida yaqinda ochilgan harbiy zavodda robotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin.