TOShKENT, 24 noya — Sputnik. "Qizil-Kiya - avto" nazorat-o‘tkazish punkti (NO‘P) 1-dekabrdan 3-dekabrgacha transport vositalari o‘tishi uchun yopiq bo‘ladi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston mamlakat bojxona xizmati matbuot xizmatiga asosan.
Bu yerda yo‘l qoplamasini ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Shu kunlarda avtomobillarning harakati “Dostuk-avto" NO‘P orqali amalga oshiriladi.
“Qizil-Kiya” NO‘P 4-dekabrdan boshlab normal rejimda ishlashni boshlaydi.