TOShKENT, 24 noya — Sputnik. “O‘zenergoinspeksiya” tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazib bormoqda.
Joriy yilning o‘tgan davrida ayrim “tadbirkorlik subyektlari” tomonidan 9 mlrd 504 mln so‘m miqdorida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
“Ushbu hajmdagi elektr energiyasi 107 ming aholi iste’molchining 1 oylik iste’molini tashkil qiladi. O‘tkazilgan tekshirish hujjatlari qonun doirasida chora kurilishi uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlariga yuborilgan”, - deyilgan Energetika vazirligi xabarida.