Armaniston Turkiya bilan munosabatlarni tartibga solmoqchi

Armaniston vaziri Turkiya bilan munosabatlarni tartibga solinishi haqida gapirdi.
Sputnik
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Armaniston Turkiya bilan munosabatlarni normallashtirmoqchi, biroq koridor (Ozarbayjonni Turkiya bilan bog‘laydi Naxichevanyu – tahr.) masalasini muhokama qilmaydi. Bu haqda Bosh vazir Nikol Pashinyan onlayn matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Sochida Putin, Pashinyan va Aliyev muzokaralari bo‘lib o‘tadi
Uning so‘zlariga ko‘ra, Armaniston turk dunyosi ichiga yorib kirdi va bu turk dunyosining bir qismi - Armanistonning KXShTdagi hamkorlari, degan fikr bor.

Tushunmayapman, nima uchun koridor berish masalasini muhokama qilishimiz kerak. Uch tomonlama bayonotda (Armaniston, Rossiya va Ozarbayjon rahbarlari) koridor haqida bir og‘iz ham so‘z yo‘q, gap kommunikatsiya haqida ketmoqda

Nikol Pashinyan
Armaniston bosh vaziri
Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, hozir barcha chegaralar va kommunikatsiyalarni ochish ustida ishlash lozim. Biroq, Turkiya “mafkuraviy dushmani bo‘lib qolayotgani” Yerevanni xavotirga soladi. Shu bois Anqara “ikki tomonlama munosabatlarni normallashtirish tarafdori ekanini so‘zda emas, amalda ko‘rsatishi kerak”.