TOShKENT, 23 noya – Sputnik. Rossiyada 29-dekabrdan mehnat migrantlari va xorijliklarga elektron ID-karta berish boshlanadi. Tegishli farmonga Rossiya IIV rahbari Vladimir Kolokolsev imzo chekdi.
Hujjat Rossiyaga 90 kundan ziyod muddatga kelayotgan barcha mehnat migrantlari va xorijliklarga beriladi. Unda albatta ID-karta egasining barmoq izlari va surati bo‘ladi.
Elektron kartalar oddiy plastik karta ko‘rinishida bo‘ladi. Old tomonida xorijlikning 8,5 x 5,3 m o‘lchamdagi surati joylashtiriladi. Bundan tashqari, hujjat indentifikatsiya raqamiga ega bo‘ladi. Hujjatda xorijliklarning ism-sharifi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va jinsi ko‘rsatiladi.
Kartaning orqa tomonida xorijlikning qaysi davlat fuqarosi ekanligi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat ko‘rsatiladi. Shuningdek, u yerda mikrosxema ko‘rinishidagi ma’lumotlarni elektron tashuvchi bo‘ladi.