Olimlar yerni sug‘orishda suvni tejash texnologiyasini ishlab chiqdi

Oltoy davlat universiteti olimlari qurg‘oqchil yerlarni ishlab berishda resurs tejovchi texnologiyasini ishlab chiqdi.
Sputnik
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Qurg‘oqchil yerda hosil yetishtirish - oson ish emas, O‘zbekiston agronomlari bu masalani har kuni hal qilish to‘g‘ri keladi.
1 / 6

Ekspress usulda tuproq namligini o‘lchash

2 / 6

Tuproq gidrologik stansiyasi bilan ishlash bo‘yicha kadrlar tayyorlash - Barayev A.I. nomidagi g‘allachilik ilmiy ishlab chiqarish markazi

3 / 6

Gidrometeorologik stansiyani o‘rnatish – Pavladar qishloq xo‘jalik tajriba stansiyasi

4 / 6

Barayev A.I. nomidagi g‘allachilik ilmiy ishlab chiqarish markazi meteorologik stansiyasini o‘rnatish

5 / 6

Gidrometeorologik stansiyani o‘rnatish - Barayev A.I. nomidagi g‘allachilik ilmiy ishlab chiqarish markazi

6 / 6

Yangi o‘lchov vositalarini o‘zlashtirish

Dala sug‘orish tizimlari narxi qimmat. Bundan tashqari, suv resurslaridan katta miqdorda foydalanish tabiiy suv havzalarida suvni kamayishiga olib keladi.
Tuproqning shamol eroziyasini o‘rganish uchun eksperimental qurilma
Oltoy davlat universitetining “Katta Oltoy” altaistika va turkologiya ilmiy-ta’lim markazi olimlari germaniyalik va qozog‘istonlik hamkasblari bilan birgalikda qurg‘oqchil yerlarni ishlab berishda resurs tejovchi texnologiyasini ishlab chiqdi. Mualliflarning fikriga ko‘ra, bu ish ekologiya va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
"Resurslarni tejash - zamonaviy jamiyat uchun muhim trend. Yangi texnologiyalar suv rejimining ichki imkoniyatlaridan foydalangan holda sug‘orishsiz namlikni saqlash uchun mo‘ljallangan. Tadqiqot uchun biz Rossiya (Oltoy o‘lkasi) va Qozog‘istonda agrometeorologik stansiyalarni - avtomatik meteorologik stansiyalarni joylashtirdik. datchiklar uch xil chuqurlikda o‘rnatildi. Ular harorat, namlik va o‘simliklar uchun tuproq namligi mavjudligi kabi parametrlarni o‘lchaydi", - deydi Andrey Bondarovich, Oltoy davlat universitetining iqtisodiy geografiya va kartografiya kafedrasi dotsenti Sputnik’ga.
Meteorologik stansiya datchiklarini o‘rnatish - Pavlodar qishloq xo‘jaligi tajriba stansiyasi
Olimning so‘zlariga ko‘ra, stansiyalar olingan ma’lumotlarni tizimda saqlaydi va ularni onlayn translyatsiya qilishi mumkin, bu esa tadqiqotchilarga interaktiv tahlillar o‘tkazish va ichki suv resurslari o‘simliklar uchun yetarli ekanligini aniqlash imkonini beradi.
Tahlil natijalari suvni tejash yoki ba’zi hollarda tuproqni minimal darajada ishlov berish imkonini beradi, shunda namlik chuqurlikka kirib boradi va mavsum davomida o‘simliklar bir maromda sug‘oriladi.
“Viloyatimiz qishloq xo‘jaligida yerni parvarish qilishda sug‘ormasdan namlikni saqlab qolishga mo‘ljallangan har qanday texnologiya muhim ahamiyatga ega. Suv – bu hayot, Sharqning taqdiri esa sug‘orish san’atiga bog‘liq, deb aytgan klassiklar. O‘zgaruvchan iqlim sharoitida bu yanada muhimroq bo‘ladi”, — dedi Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik va o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Muxtor Nosirov Sputnik’ ga.
Ekspress 2usulda tuproq namligini o‘lchash
Yangi texnologiya O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi uchun suv resurslarini tejashga yordam beradi.
“Dehqonchilikning bunday elementlari qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash dasturlarini ham takomillashtirishga imkon beradi” , – deya qo‘shimcha qildi Muxtor Nosirov.
Tadqiqot “Katta Oltoyning turk-mo‘g‘ul dunyosi” loyihasi doirasida, “Katta Oltoy” orqali amalga oshirilgan bo‘lib, uning maqsadi - turkiy xalqlarning mushtarak tarixini o‘rganish asosida olimlarni birlashtirish, oltoy va slavan xalqlari, shuningdek, Markaziy Osiyoning barcha xalqlari uchun umumiy muammolarni hal qilish yo‘llarini topish.
Agromonitoringni amalga oshirish uchun dronni uchirish
Tadqiqot natijalari o‘xshash iqlim sharoitlari va muammolari mavjud bo‘lgan davlatlarda qo‘llanilishi mumkin.