"Miss Qirg‘iziston" eng go‘zal malikalari aniqlandi – foto

“Qirg‘iziston go‘zali – 2021” tanlovining finali bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Kuni kecha Bishkekdagi banket zallaridan birida “Qirg‘iziston go‘zali – 2021” tanlovining finali bo‘lib o‘tdi.
Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, tanlov birinchi marta yopiq formatda o‘tkazildi va finalga faqat 5 nafar qiz chiqdi. Ular milliy va kechki liboslarda chiqish qilishdi.
Hakamlar hay’ati tarkibiga xalqaro go‘zallik tanlovlari vakillari kirdi.
22 yoshli Alina Omorova “Miss Qirg‘iziston – 2021” tanlov g‘olibasi bo‘ldi.
Alina Omorova
U mamlakat nomidan "Dunyo go‘zali" tanlovida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.
Alina “dizayn va arxitektura” fakultetining 5-kurs talabasi va ko‘chmas mulk agentligini boshqaradi. Bundan tashqari, qiz xoreografiya bilan shug‘ullanadi va psixologiyani o‘rganadi.
18 yoshli Jamilya Jirgalbekova birinchi vitse-miss deb e’lon qilindi. U Miss Grand International 2022 tanlovida Qirg‘iziston nomidan qatnashish sharafiga muyassar bo‘ldi.U turli xayriya tadbirlarida faol ishtirok etimoqda va Qizil Xoch volonteri hisoblanadi.
Jamilya Jirgalbekova
Tibbiyot instituti talabasi Shirin Alaychiyeva ikkinchi vitse-miss unvoniga sazovor bo‘ldi. U Miss Intercontinental 2022 tanlovida respublika sharafini himoya qiladi.
Shirin Alaychiyeva
Uchinchi vitse-miss unvoni esa 18 yoshli Salima Asanbekovaga nasib etdi. U “Miss International 2021” tanloviga boradi. Salima - shi ikkinchi kurs talabasi (bank ishi). .
Salima Asanbekova
Yana bir vitse-miss 17 yoshli Aziza Baxitbekova bo‘ldi. U xoreografiya bilan shug‘ullanadi. Balog‘at yoshiga etganida, Aziza Miss Multinational 2022 tanloviga boradi.
Aziza Bakitbekova