Kutib oling: “Qishda rus tanklari Ukrainaga hujum qiladi”

Rossiya Ukraina chegaralari yaqinida tuplagan qo‘shinlaridan qanday maqsadda foydalanishni hal qilmagan bo‘lsa-da, AQSh buni jiddiy xavf deb hisoblaydi.
Sputnik
Ushbu yilning bahorida bo‘lgan voqealar yana qaytarilmoqda. AQSh qaytadan Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirish mavzusini ko‘tarmoqda. Faqat bu safar qo‘rquv yanada kuchliroq singdirilmoqda, “bo‘lajak voqealar” hatto turli ikr-chikirlarigacha batafsil hikoya qilib berilmoqda: Vashington “Rossiya hujumini” dekabrda, Sharqiy Yevropada yerlar muzlab qolganidan so‘ng, tanklar botib qolmaydigan bo‘lganidan so‘ng boshlanishidan xavotirda” ekanini aytmoqda.
Bu gaplar nemis OAVida keltirilgan, lekin AQShning o‘zida “hujumgacha juda kam vaqt qoldi” “Putinni ushlab turish uchun diplomatik sa’y-harakatlardan ko‘ra ko‘proq ishlar qilinishi kerakligi” haqida gapirilmoqda. Ushbu “sa’y-harakatlar doirasida ayrim Yevropa rahbarlari hatto Putin bilan shaxsan muloqotda bo‘lishgan”. Qanday, dahshat Putin Ukrainaga qarshi qishgi urush kampaniyasini boshlamoqda, yevropaliklar esa uni to‘xtatishga ko‘ndirishmoqchi.

Yevropaliklarni tezroq ogohlantirish kerak

“Amerika Milliy razvedkasi rahbari Evril Xayns ushbu haftada Brusselga tashrif buyurdi. Uning vazifasi Rossiyaning Ukraina ishlariga aralashishi haqidagi amerika ixtiyoridagi razvedka ma’lumotlarini NATO elchialariga tarqatish”, - deb yozmoqda The New York Times.
“Rossiya Ukraina chegaralari yaqinida tuplagan qo‘shinlaridan qanday maqsadda foydalanishni hal qilmagan bo‘lsa-da, AQSh buni jiddiy xavf deb hisoblaydi”, - deb qo‘shimcha qiladi nashr.
Axir bu g‘irt bema’nilik-ku? Rossiyaning Ukrainaga hujum qilishga kim ishonadi? G‘arb OAVlari bu haqida sakkiz yilldan beri gapirayotgan bo‘lsa-da, bu shunchaki propagandadan nariga o‘tmagan edi. Aslida uning maqsadi, bir tomondan Ukrainani NATOga a’zo qilish uchun zamin tayyorlash, ikkinchi tomondan esa Rossiya – Yevropa munosabatlarning rivojlanishini cheklash edi.
Hozir bo‘lsa, AQSh shuncha yildan beri Yevropani qo‘rqitish uchun aytib kelgan cho‘pchagiga o‘zi ishongandek. Nahotki shunday bo‘lsa?
Ehtimol. Balkim buning uchun Rossiya tomonidan ham biror sabab bo‘lgandir? Balim ularni Putinning ushbu so‘zlari cho‘chitib yuborgan? “Bizning NATOga yo‘llayotgan ogohlantirishlarimiz natija bermoqda: ularda muayan “bezovtalik” sezilmoqda. Bizga ushbu “bezovtalik” imkon qadar uzoqroq saqlanib qolgani ma’qul”, - degan edi Rossiya prezidenti biroz oldin.
Birinchidan, rus hujumi haqidagi tutqanoq, prezident chiqishidan bir necha kun oldin boshlangan edi. Ikkinchidan, Putin o‘z nutqida nima sababdan atlantik ittifoq a’zolarini “bezovtalik” his qilishga majburlash kerakligini ham tushintirib o‘tgan edi - “Rossiya chegaralari yaqinida biror mojaro uyushtirish ularning hayoliga ham kelmasligi uchun.”
Ya’ni Rossiya o‘z xavfsizligi uchun muhim bo‘lgan narsalar borasida “qizil chiziqlarni” ko‘rsatgan edi. Bu birinchi navbatda Ukrainani NATO qanoti ostiga tortib kirishga qaratilgan harakatlar bilan bog‘liq. Anglosakslar esa buni to‘xtatib qolishmoqchi. Masalan Qora dengizda NATO o‘quv-mashqlarini o‘tkazish yoki Kiyevga qurol-aslaha yetkazib berish orqali.

Ular o‘z harakatlarini nima bilan izohlashmoqda?

“Amerika va Britaniya razvedkassi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaning katta qismini o‘z nazorati ostiga olish va hukumat boshiga Moskvaga xayrixoh bo‘lgan kishilarni keltirish maqsadida mamlakatdagi vaziyatni beqaror qilishga tayyor”, - deb xabar tarqatmoqda.
Juda yaxshi: Rossiya Ukrainaning bir qismini egallab, Qrimni Rossiya bilan bog‘lovchi “koridor” ochadi. Ikkinchidan Ukrainada tartibsizliklar uyushtiradi, buning oqibatida Kiyevda bugun o‘tirgan G‘arbga xayrixoh hukumat qulab, uning o‘rniga Moskvaga ma’qul kishilar keladi (ehtimol uy qamog‘ida o‘tirgan Medvedchuk).
Darhaqiqat Rossiyaga do‘stona va ittifoqdosh qo‘shni – Ukraina kerak. Faqat buning uchun Rossiya Ukrainaga bostirib kirishi shart emas. Bunday urush NATO uchugn juda yaxshi sovg‘a bo‘lgan bo‘lardi. Aks holda strategik nuqtayi nazardan ularda Ukrainani o‘z orbitasida ushlab qolish uchun hech qanday imkoniyat yo‘q. Shu sababli ham rus-ukrain mojarosi Rossiyani “jilovlab turish” vositalaridan biri hisoblanadi. So‘nggi kunda Rossiyaga qarshi qaratilgan ushbu vasvasaning avjiga chiqishi – amalga oshmagan strategiyasning so‘nggi bosqichiga o‘xshaydi.
Nima bo‘lganda ham Anglosakslar yoki Kiyevdagi “muvaqqat hukumat” bu haqida nima demasin, Rossiya uchun ushbu urush – o‘z qarindoshlarini o‘ldirishga qaratilgan urush bo‘lardi, chunka rus va ukrain xalqlari – aslida bir xalq. Shuning uchun Rossiya Ukrainaga qarshi uchush qilmaydi, buning o‘rniga Ukrainani G‘arb ta’siri ostidan chiqarish uchun qo‘lidan kelgan barcha harakatni qiladi.
Qanday harakat deganda, kutish va ukrain jamiyati orasida kayfiyatlarni o‘zgartirish bilan. Ularni qanday manipulyatsiya qilishga urinishmasin, bir kun kelib katta va yagona millat haqidagi tushunchalar ularning miyasiga qaytadi. To‘kilgan qonlar, yer va tarix ovozlari ta’siri baribir o‘z ishini qiladi. O‘shanda hech qanday siyosiy texnologlar Ukrainaning Rossiya tomon qayrilishini to‘xtatib qola olmaydi.

Qanday qilib?

Birinchidan, G‘arb yo‘rig‘iga yurayotgan hozirgi Ukraina elitasi o‘z xatolari bilan o‘z obro‘yinin butunlay to‘kib sarflaydi. Bu yerda asosiysi – ularga xalal bermaslik. Bu ishlari ularning o‘zi juda yaxshi eplaydi.
Ikkinchidan, NATOga qizil chiziqlarni ko‘rsatish yo‘li bilan ularni Ukrainani o‘z kayjnb ostiga olishiga yo‘l qo‘ymaslik, Ukraina ustidan NATO nazoratini chetga surish.
Ushbu ma’noda, anglosakslar razvedkasining Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirish haqidagi kutishlari Rossiyaga juda qo‘l kelishi mumkin. Bu ularda Putin aytgan “bezovtalik”ni uyg‘otadi. Mayli, ular Rossiya zarbar berishga tayyor deb o‘ylayversin. Rossiya ularga batafsil tushuntirib o‘tirmaydi.
Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga faqat bir vaziyatda kirishi mumkin – 1939-yilda bo‘lgani kabi, xalq ularni guldastalar bilan kutib olgan taqdirda. Lekin Rossiya hech qanday urush yoki okkupatsiyaga yo‘l qo‘ymaydi – G‘arb Ukrainani okkupatsiya qila olmaydi (hatto rammziy ma’noda ham). Ikkinchidan Rossiya va Ukraina orasida urush bo‘lishiga ham yo‘l qo‘ymaydi. Hech qanday kuchlar bizning xalqlar orasidagi vaqtincha bo‘lingan munosabatlarni sement bilan qotirib tashlay olmaydi yoki ikki xalqning qayta qo‘shilishiga to‘siq bo‘la olmaydi.