Kobulda portlash ro‘y berdi – video

Mahalliy OAVlar xabariga ko‘ra, toliblar avtomobili portlatib yuborilgan.
Sputnik
TOShKENT, 23 noya – Sputnik. Afg‘oniston poytaxti Kobul markazidagi bozorda portlash ro‘y berdi, deb xabar qilmoqda Al-Jazeera telekanali.
Aamaj News nashrining xabar berishicha, mina bilan toliblar* avtomobili portlatib yuborilgan. Portlashdan keyin o‘q ovozlari eshitilgan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, bu portlash oqibatida toliblar* politsiyasining ikki xodimi jarohatlangan.
* Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida.