TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Toshkentda issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun qayta hisob-kitoblar qilinadi.
“Toshissiqquvvati” DUK issiqlik energiyasini o‘z vaqtida yetkazib bermaslik sabablarini aniqlagandan so‘ng uy-joylarni isitish tizimiga ulash muddatlarini solishtirish, shuningdek, dalolatnomalar to‘g‘ri tuzilganligini tekshirish, ularda ko‘rsatilgan manzillar bo‘yicha issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun qayta hisob-kitoblar texnik sabablarga ko‘ra 2021-yil dekabr oyida amalga oshirilishini ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Toshkent shahar hokimining shu yil 8-oktabrdagi qaroriga binoan 14-oktabrdan ko‘p qavatli turar joy binolarini muntazam isitilishiga kirishildi.
Shuningdek, poytaxtdagi bir qator ko‘p qavatli uylarda isitish tizimidagi kamchiliklar sabab turar-joy binolarini qarorda belgilangan muddatdan kechiktirib isitish tizimiga ulash to‘g‘risida XUJMSh vakillari tomonidan dalolatnomalar rasmiylashtirildi.