TOShKENT, 23 noya – Sputnik. Kelayotgan 2022-yilda faqatgina to‘rt muchalning baxti chopadi, deb hisoblayldi taniqli munajjim Pavel Globa.
Yangi yilda Qo‘y muchalida tug‘ilganlarning biznesda omadi keladi. Munajjim ularga yangi ishilarni boshlashda ikkilanmaslikni maslahat beradi – risk o‘zini oqlaydi. Lekin birinchi yarim yillikda ular yaxshilab tayyorlanish va reja tuzishlari kerak bo‘ladi.
Egizaklar yil davomida qator sinovlardan o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Lekin ular barchasidan o‘tadi. Ish joyidagi muvaffaqiyat ularning moddiy holatini sezilarli darajada yaxshilash imkonini beradi.
Chayonlar ish va sevimli mashg‘ulotlarini birlashtirib, mo‘maygina pul ishlab olishlari mumkin. Bu yil ular qattiq mehnat qilishiga to‘g‘ri keladi, lekin ularning ushbu sa’y-harakatlari zoe ketmaydi, ular ish joyida olg‘a siljish imkoniga ega bo‘lishadi, deydi munajjim.
Qovg‘a muchali ostida tug‘ilganlarga ham kelgusi yilda juda ko‘p ishlashga to‘g‘ri keladi, lekin ushbu mehnatlar ortidan muvaffaqiyat ham keladi. Yilning ikkinchi yarmida biznes masalalarni muvaffaqiyatli hal qilib, yangi loyihalarni ishga tushirish imkoni paydo bo‘ladi.
2021 yil oxirida qaysi muchaldagilar boyib ketadi
Sharqona yilnomaning uchta muchali ushbu yil oxiriga qadar ham boyib ketishi mumkin.
Yo‘lbars yili (1926, 1938, 1950, 1962, 1974, 1986, 1998, 2010)
Yo‘lbars muchali ostiga tug‘ilganlarning moliyaviy daromadlari ular kutganidan ham ortiq bo‘lishi mumkin. Bajonidil ishlagan taqdirda ular katta muvaffaqiyatga erishishi va katta daromadlar olishi mumkin. Lekin ular o‘zlarini tuta bilishi va ko‘proq muloqot qilishlari kerak.
Quyon yili (1927, 1939, 1951, 1963, 1975, 1987, 1999, 2011)
Quyon muchali ostida tug‘ilganlar uchun kuzning oxiri ham juda muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin: ularning ishlari va karyerasi muvaffaqiyat qozona boshlaydi, daromadlari ko‘payadi. Ularning qo‘liga katta pul tushishi mumkin – etimol ular lotoreyada yutib chiqar?
To‘ng‘iz yili (1935, 1947, 1959, 1971, 1983, 1995, 2007, 2019)
To‘ng‘iz yilida tug‘ilganlarni ham qator muvaffaqiyattlar kutmoqda. Buning uchun biroz terga botib ishlashga to‘g‘ri keladi, lekin mukofot shunga arziydi.
Yo‘lbars yilida kimning omadi chopadi
2022 yil o‘ynoqi xarakterli, tavakkal qilishdan qo‘rqmaydigan qiziquvchan kishilar uchun muvaffaqiyatli keladi. 2020-yilning
Udachnim 2022-y stanet dlya lyudey artistichnix i lyubopitnix, kotorie ne boyatsya riskovat. 2022-yilning tabiiy kuchi – suv bo‘ladi. Eng baxtli oylari esa – may, iyul va oktabr bo‘ladi.
2022 – Yo‘lbars yili
Xitoy taqvimiga ko‘ra kirib kelayotgan yangi 2022-yilning timsoli – "ko‘k suv yo‘lbarsi" bo‘ladi. Astrologlar aytishiga ko‘ra, ushbu yil uzoq vaqtdan buyon o‘z kasbini o‘zgartirishni niyat qilgan kishilar uchun omadli bo‘ladi. Ular yangi ishga o‘tishi ham mumkin.
Yangi joyga ko‘chishni niyat qilganlar uchun ham kelayotgan yil muvaffaqiyatli bo‘ladi. Yo‘lbars – mag‘rur, ekinlikni yaxshi ko‘radigan va qaysar hayvon, lekin suv yirtqich fe’lini tinchlantirib turadi. Lekin suv ham – mutlaq tinch holatdan kuchli to‘fongacha o‘zgaruvchan bo‘lishini unutmaslik kerak.
Yo‘lbars yilida ko‘pchillikni ishqiy voqealar va hatto kuchli muhabbat kutmoqda.
Yo‘lbars yili qachon kirib keladi
Sharqona taqvimga ko‘ra, Yo‘lbars yili 2022-yilning 1-fevralida kirib kelib 2023-yilning 21-yanvarida yakunlanadi.
Yo‘lbars yilini qanday kiyimda kutib olish kerak
Munajjimlar yorqin rangli kiyimlarda kutib olishni maslahat berishmoqda. Yo‘lbars – irodali, erksevar hayvon. U tobelikni xush ko‘rmaydi va yetakchi bo‘lishni istaydi. Agar siz ham ushbu xususiyatlarga ega bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, Yangi yilni kutib olish uchun maxsus garderob tayyorlab qo‘ying.
Kiyim-kechakda oltin yoki mis ranglari bo‘lishi – moddiy ahvolni yaxshilaydi. Muhabbatni jalb etish uchun munajjimlar moviyranglarni maslahat berishadi. Kasbda muvaffaqiyatga erishi uchun qora yoki ko‘k ranglar tavsiya etiladi.
Tanlash maslahat berilmaydigan ranglar – jigarrang yoki binafsharang kiyimlar.