TOShKENT, 23 noya – Sputnik. Bolgariyada ichida 52 nafar yo‘lovchi bo‘lgan Shimoliy Makedoniyaning sayyohlik avtobusi halokatga uchradi. Bu haqda Bgnes agentligi xabar bermoqda.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida 45 kishi halok bo‘lgan. Qurbonlarning 12 nafari bolalar ekani aytilmoqda.
Hodisa “Struma” avtomagistralining 31 kilometrida mahalliy vaqt bilan soat 03:00 da ro‘y bergan. Avtobus Sofiyadan Blagoyevgradga ketayotgan bo‘lgan. YTHdan so‘ng avtobus yonib ketgan. Haydovchi ham halok bo‘lgan. Jabrlanganlarning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda, ular kasalxonaga yotqizilgan.
Hodisaga nima sabab bo‘lgani ochiqlanmagan.
Shimoliy Makedoniya bosh vaziri Zoran Zayev o‘z fuqarolari vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgan.