TOShKENT, 22 noya – Sputnik. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Latviya hukumatining Georgiy tasmasini taqishni taqiqlash qaroriga munosabat bildirdi.
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, bu qarorning “mazmuni va tub sababi”ni tushuntirsa bo‘ladi. Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, Riga hozirgi ma’muriyat bilan o‘zining juda ko‘plab siyosiy va huquqiy qarorlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro huquq tamoyillariga zid bo‘lgan ko‘rsatmalarga tayanadi.
Uning ta’kidlashicha, xalqaro huquqiy asosga ega va ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alabasi bilan bog‘liq ramzlarni taqiqlash – siyosatdagi bajarish mumkin bo‘lgan eng ahmoqona xatti-harakat.
“Bu ramzlar mafkura yoki siyosatchilarning tor g‘arazli konsepsiyalari doirasidan tashqarida yashaydi, bu ramzlar birovlarning boshqalar hayoti va baxt-saodati uchun azob-uqubatlari, g‘oyalarini ifoda etadi <...>. Ulug‘ G‘alaba g‘oyasini uning barcha turli tumanligi va mutlaqligida taqiqlash hech qachon va hech qayerda hech kimning qo‘lidan kelmaydi”, - dedi Zaxarova Rossiya segodnya” XAAdagi onlayn anjumanda.
Zaxarova Rossiya barcha halqaro maydonlarda tarixiy haqiqatni himoya qilishda davom etishini qo‘shimcha qildi.
Latviya seymi mamlakatda Georgiy tasmasidan omma oldida foydalanishni rasman taqiqladi. Bu mamlakatda hozir Ulug‘ Vatan urushi, qamal qatnashchilari va front ortidagi xizmatchilar 4000 nafardan ziyod. Bu yangilik bir zumda jamoatchilikning qizg‘in muhokamasi va xalqaro media shov-shuvini keltirib chiqardi.
“Georgiy tasmasi” aksiyasi Ulug‘ Vatan urushidagi g‘alabaga bag‘ishlangan. G‘oya 2005-yilda hozir “Rossiya segodnya” XAA tarkibiga kiruvchi RIA Novosti agentligida paydo bo‘lgan. O‘shadan birinchi tadbir bo‘lib o‘tgandi va shundan buyon 9-may arafasida tasmani taqish odat tusiga kirdi.
Shu bilan birga Latviyada har yili SS legionerlari – Nyurnberg tribunali tomonidan jinoiy deb tan olingan tashkilot yurishi o‘tkaziladi. Unda natsistlarning razmlari namoyish etiladi, ularda deputatlar va amaldorlar qatnashishadi. Bu yurishlar ko‘plab mamlakatlar, jumladan, Rossiya tomonidan qoralanadi.