TOShKENT, 22 noya – Sputnik. Transport vazirligi avtomobil tashuvlari sohasida ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni rasmiylashtirishda planshetlardan foydalanishni yo‘lga qo‘ymoqda.
Bu Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Dastlabki bosqichda bunday ishlarni planshet orqali Toshkent shahar va Toshkent viloyati transport boshqarmalari xodimlari ko‘rib chiqadi va rasmiylashtiradi.
Hozir poytaxt va Toshkent viloyati inspektorlariga biriktirilgan planshetlar taqdim etilgan.