Toshkentning 4 ta tumanida gaz vaqtincha o‘chiriladi

Mirobod, Yashnobod, Sergeli va Yangihayot tumanlarining ayrim joylarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Sputnik
TOShKENT, 22 noya – Sputnik. Ta’mirlash ishlari tufayli Toshkent shahrining Mirobod, Yashnobod, Sergeli va Yangihayot tumanlarining ayrim joylarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” ta’minoti filiali matbuot xizmati xabar bermoqda.
22 noyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha Mirobod tumani "Nukus" 1-tor ko‘chasi 1-2-6-7-9-10-11-13-14-15-uylardagi 130 ta xonadonda, Qo‘shko‘prik ko‘chasida 28 ta xonadonda, Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi 15 ta yerli xonadonda hamda "O‘zbekiston havo yo‘llari", "Sharapova", "Temiryo‘lnon", "Shimoliy vokzal" qozonxonasi, "Zehinur" restorani, "Mehrigiyo" MChJ, A.Qodiriy ko‘chasida, Hamal ko‘chasida, Yashnobod tumanidagi "Tovarniy dvor" 13-A, "Energomontaj", "Lak color sintez", Bolalar teatri, Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi ulgurji iste’molchilarda tabiiy gaz bo‘lmaydi.
22 noyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha Sergeli tumani Junariq mahallasidagi 93 ta yerli xonadon hamda 4 ta ulgurji iste’molchida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
22 noyabr kuni soat 11:00 dan 18:00 gacha Yangihayot tumani Sergeli 5-mavzedagi 35 ta ko‘p qavatli uydagi 2240 ta xonadon hamda 6 ta ulgurji iste’molchida gaz vaqtincha o‘chiriladi.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanishi ma’lum qilingan.