Rossiyada OAVda jinoyatchilarning millatini ko‘rsatish taqiqlanishi mumkin

Checheniston parlamenti jinoyatchilarning millatini aytishni taqiqlashni taklif qilishmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 22 noya – Sputnik. Rossiya Davlat dumasiga OAVlarga jinoyatchilarning millatini tilga olib o‘tishni taqiqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi kiritildi. Hujjat Checheniston parlamenti tomonidan ishlab chiqilgan.
Qonun loyihasi mualliflari bu tashabbus turli dinga e’tiqod qiluvchi Rossiya xalqlari o‘rtasida totuvlikni saqlashga yordam berishini ta’kidlashgan.
Parlamentariylarning fikriga ko‘ra, bunday ma’lumotlar halol, vijdonli, jinoiy faoliyatga hech qanday aloqasi bo‘lmagan imonli fuqarolarning milliy va diniy tuyg‘usini tahqirlash deb baholanadi.
“Bizning ko‘p millatli va ko‘p dinli mamlakatimizda har qanday o‘ylamay va ehtiyotsizlik bilan aytilgan gap ijtimoiy portlash manbai bo‘lishi, milliy va diniy adovat qo‘zg‘atishga va butun mamlakat uchun oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin”, - deya ta’kidlashgan deputatlar.