Putin koronavirusga qarshi yangi vaksina sinovlarida ishtirok etadi

Rossiya prezidenti koronavirusga qarshi burunga sepiladigan vaksina sinovlarida ishtirok etishga tayyorligini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 22 noya – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Gamaleya markazi tomonidan ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi burunga sepiladigan vaksina sinovlarida ishtirok etishga qaror qildi. Bu haqda u bu markaz direktori o‘rinbosari Denis Logunov bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Olimning so‘zlariga ko‘ra, burunga sepiladigan sprey ko‘rinishidagi vaksinani klinik tadqiqotlardan keyin yaqin kunlarda joriy etish rejalashtirilmoqda.
“Men bu tadqiqotda ishtirok eta olamanmi?”, - deb so‘radi Putin. “Shubhasiz”, - deya javob berdi Gamaleya markazi direktori o‘rinbosari va buning uchun rozilik xatini imzolash kerakligiga aniqlik kiritdi.
“Men imzolayman. Kelishdik. Albatta imzolayman, buni bugun bajarishimiz mumkin”, - dedi Putin.
Putin koronavirusga qarshi qayta emlandi
Oktabr o‘rtalarida Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi burunga sepiladigan sprey ko‘rinishidagi SPRAY 08-Gam-KOVID-Vak-2021 vaksinasining klinik sinovlarini o‘tkazishga ruxsat bergan edi. Gamaleya markazi direktori Aleksandr Ginsburg bu vaksinaning hech qanday nojo‘ya ta’sirlari qayd etilmaganini ma’lum qildi.