O‘zbekistonlik migrantlar bu yil vatanga qancha pul jo‘natadi

Jahon banki ekspertlari o‘zbekistonlik migrantlar vatanga qancha pul jo‘natishi yuzasidan dastlabki hisob kitobni taqdim etdi.
Sputnik
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Jahon banki ekspertlari hisob-kitoblariga ko‘ra, joriy yilda o‘zbekistonliklar xorijdan respublikaga 7,6 milliard $ga yaqin mablag‘ jo‘natadi.
O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti tarkibida mehnat migrantlarining pul o‘tkazmalari 11,6 %ni tashkil etadi.
Aholining necha foizi xorijdan pul o‘tkazmalari hisobiga yashashi ma’lum bo‘ldi
Umuman olganda, 2021-yilda, Jahon banki hisobotiga ko‘ra, pul o‘tkazmalari 2020-yilga nisbatan 7,3 %ga oshib, 589 milliard $ni tashkil etadi.
Qayd etilishicha, Markaziy Osiyo davlatlaridagi pul o‘tkazmalari tashqi moliyalashtirishning eng yirik manbai hisoblanadi. Qirg‘iziston va Tojikistonda ular yalpi ichki mahsulot ulushi bo‘yicha 25 %dan ortiqni tashkil etdi.