O‘zbekistonda koronavirusga qarshi qayta ixtiyoriy emlanish boshlandi

Aholi o‘rtasida koronavirus infeksiyasiga qarshi immunitetni oshirish maqsadida qayta emlanish boshlandi.
Sputnik
TOShKENT, 22 noya – Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusga qarshi qo‘shimcha (buster) doza bilan ixtiyoriy emlash amalga oshiriladi.
Mamlakat bosh davlat sanitariya vrachining ko‘rsatma xatiga muvofiq, 2021-yil 17-noyabr kunidan boshlab to‘liq emlangan fuqarolar (2 yoki 3 marotaba emlanganlar) buster doza bilan ixtiyoriy emlanadi.
Ta’kidlanishicha, bu aholi o‘rtasida koronavirus infeksiyasiga qarshi immunitetni oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 31,4 million dozadan ortiq vaksinadan foydalanilgan. Emlanishi rejalashtirilganlarning 76,7 foizi kamida birinchi dozani olgan.
Yana 7,5 million vaksina shifokorlarga topshirildi - SSV