TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Farg‘ona viloyatida shu yil 10 oyida umumiy qiymati 578 ming $ 253,5 tonna malina eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirildi, deb xabar qildi DBQ matbuot xizmati.
Malina Polsha, Qirg‘iziston, Rossiya, Turkiya va Qozog‘iston kabi davlatlariga boshqarmaning “Vodiy” va “Marg‘ilon” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari tomonidan eksportga rasmiylashtirildi.
Jami eksport qilingan 253,5 tonna malinaning 114,1 tonnasi Polshaga, 50,7 tonnasi Qirg‘izistonga, 43,1 tonnasi Rossiyaga, 38 tonnasi Turkiyaga va 7,6 tonnasi Qozog‘istonga yuborildi.