O‘zbek meva-sabzavotlarini asosan qaysi davlatlar xarid qilmoqda

Yanvar-oktabr oylarida xorijga 747,4 mln dollarlik 1,2 mln tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan.
Sputnik
TOShKENT, 22 noya – Sputnik. 2021 yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston 1,2 mln tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan. Ularning qiymati 747,4 mln dollarga teng bo‘lgan. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Eng ko‘p meva va sabzavotlar Qozog‘iston (538 ming tonna) va Rossiyaga (341 ming tonna) sotilgan.
Shuningdek, Qirg‘izistonga – 112 ming tonna, Xitoyga – 65 ming tonna, Ukrainaga – 28 ming tonna, Afg‘onistonga – 26 ming tonna, Turkmanistonga – 24 ming tonna, Pokistonga – 23 ming tonna eksport qilingan.
Rossiyadan O‘zbekistonga birinchi “Agroekspress” yo‘lga chiqdi – u nima olib kelmoqda?
Avvalroq O‘zbekiston va Rossiya temir yo‘l orqali mahsulot yetkazib berishni 2030-yilga borib 1 mln tonnagacha yetkazishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.